2017 yil 29 noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universitetida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi , Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Toshkent moliya instituti, O`zbekiston milliy universiteti xodimlari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda aytilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyulda qabul qilingan “Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tabirlar to`g`risida”gi PQ-3165 son qarorida statistika idoralari faoliyatini xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Seminarda Davlat statistika qo`mitasi boshqarma boshliqlari tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi 3165-sonli qarori ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan ishlar”, “Milliy hisoblar tizimi – 2008 ni milliy statistika amaliyotiga joriy qilish masalalari”, “O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzularida taqdimotlar qilindi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Davlat statistika qo`mitasida kompleks chora-tadbirlar dasturi, nazorat rejasi va vazifalarning har bir bandi ijrosi bo`yicha xarakat rejalari ishlab chiqildi, Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati va hududiy bo`linmalari tarkibi qaytadan ko`rib chiqildi va qo`mita markaziy apparati tarkibida yangi boshqarmalar tashkil etildi, Statistik axborotlarning maksimal darajada ochiqligini ta`minlash maqsadida e`lon qilinadigan ko`rsatkichlar tarkibi qayta ko`rib chiqilib, kengaytirildi, Qo`mitaning rasmiy veb-sayti tahliliy ma`lumotlar, byulletenlar, doklad va press-relizlar bilan muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytarishdi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________