2018 yil 26 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

image_pdfimage_print

Unda Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari, tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Bank-moliya akademiyasi rektori, prorektorlar, professor-o`qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalariga oid statistik ma`lumotlar va tahlillar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga qo`mita mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________