2018 yilning 17 – 18 yanvar kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “To`lov balansi – kirish kursi” mavzusida trening kurs bo`lib o`tdi.

image_pdfimage_print

2018 yilning 17 – 18 yanvar kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “To`lov balansi – kirish kursi” mavzusida trening kurs bo`lib o`tdi. Mazkur trening kurs Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Trening kursda Davlat statistika qo`mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo`limi boshlig`i o`rinbosari U.Obidov va Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoning statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig`i o`rinbosari Sh.Gafurovlar ishtirok etishdi.

Trening kursda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina, O`zbekiston statistika idoralari xodimlari va Polsha milliy banki, Portugaliya banki va Yevrostat vakillari ishtirok etishdi. Ushbu seminar trening davomida To`lov balansi hisobini to`g`ri va sifatli tuzish maqsadida, To`lov balansini tuzishning umumiy qoidalari, asosiy tamoyillari, ushbu tamoyillarni amaliyotda qo`llash tartiblari va kontseptual asoslari keng yoritilib, tinglovchilarga tushunchalar berildi. Shuningdek, seminar davomida ayrim davlatlar tajribasi va ularning to`lov balansini shakllantirish bo`yicha o`z usullari, ish jarayonida duch kelinayotgan qiyinchiliklar, yutuqlar va kelgusidagi rejalari bilan o`rtoqlashildi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________