2017 yil dekabr oyi uchun O’zbekiston Respublikasining iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi

1. Iste’mol narxlari indeksi (INI) va inflyatsiya darajasi

2017 yilning dekabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o’rtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 4,4 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 %ga va xizmatlar 0,8 %ga ko’tarilgan.

Diagrammada ko’rinmoqdaki, 2017 yil dekabr oyida asosiy inflyatsion omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi bo’ldi (ta’sir ulushi 70,2 %).

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko’tarilishi umumiy INI o’sishida 73,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,2 %, xizmatlar 4,5 % ni tashkil etgan.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o’rtacha 4,4 %ga qimmatlashib, INI umumiy o’sishini 1,9 f.d1 ta’minladi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 2,0 %ga qimmatlashgan.

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi

(o’tgan oyga nisbatan % da)

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi bilan bir qatorda, ayrim mahsulotlarning narxlari arzonlashganligi kuzatildi. Jumladan sabzi 15,9 %ga, karam 5,9 %ga, mosh 4,7 %ga va parranda go’shti mahsulotlari narxlari 4,5 %ga arzonlagan.

3. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Nooziq-ovqat mahsulotlarining oy davomida 1,8 %ga qimmatlashdi, bu o’z navbatida umumiy INIning 0,6 % f.d. o’sishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi 0,8 %ni tashkil etgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining umumiy o’sishda 75,0 %ni quyidagi mahsulotlar hisobiga ro’y berdi:

4. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi

Aholi uchun pullik xizmatlar sohasi dekabr oyida 0,8 %ga qimmatlashdi. Bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o’sishiga 0,2 % f.d.da ta’sir qildi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida xizmatlar sohasi tarifi 0,3 %ga oshgan.

Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida huquqiy xususiyatga ega xizmatlar va bank xizmati tariflari 15,0 %ga, maishiy xizmatlar 1,6 %ga, ta’lim xizmatlari 1,2 %ga va tibbiyot xizmatlari 1,1 %ga qimmatlashdi.

1 f.d.- foiz darajasi

Narxlar statistikasi boshqarmasi




Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish, 2018-2019-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish, chorvachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

O‘zA