“Ashxobod saylgohi” haqiqiy do‘stlik bog‘i bo‘ladi

image_pdfimage_print

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 28 oktabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida qurib bitkazilgan «Ashxobod saylgohi»ni borib ko‘rgan, saylgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining ikkinchi bosqich qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Umumiy yer maydoni 12 gektarni o‘z ichiga olgan saylgohda 1 ta 1180 metr kvadratni tashkil etuvchi usti yopiq inshoot (indoor) ichida 26 ta, 31 ta ochiq tipdagi o‘yin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin ichimliklar hamda sovg‘alar shoxobchalari qurildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Ashxobod saylgohi”da bo‘ldi.

Saylgohga kiraverishda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan axalteke otlari aks etgan yaxlit kompozitsiya barpo etilgan. Bu yerdagi jihozlar turkman milliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, qarag‘ay, qrim qarag‘ayi, xind sireni, eman, kashtan, magnoliya, arizona kiparisi, salviya, moviy archalar ekilgan.

Tashrif buyuruvchilarning ko‘ngilli xordiq chiqarashi uchun o‘rindiqlar, veloyo‘laklar, favvoralar o‘rnatilgan. Amfiteatr va kafe tashrif buyuruvchilarga muntazir.

Qurilish ishlariga 24 dan ortiq texnika, mashina va mexanizmlar hamda 500 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi xodim jalb qilindi.

“Ashxobod sayilgohi” zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i majmuasida 180 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bog‘ yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

O‘zA

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________