Bangkok shahrida (Tailand) “Aholi va uy-joylarni ro’yxatga olishda elektron ma’lumotlarni yig’ish texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

image_pdfimage_print

2018 yil 24-26 yanvar kunlari “Aholi va uy-joylarni ro’yxatga olishda elektron ma’lumotlarni yig’ish texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida Bangkok shahrida (Tailand) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo’limi (UNSD) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig’i Z.Yuldoshev ishtirok etdi.

Seminarda Tailand, Janubiy Koreya, Xitoy, Makao, Kambodja, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin, Nepal, Myanma, Butan, Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Vetnam, Bangladesh, Eron, Gruziya, Armaniston, Turkmaniston hamda O’zbekiston davlatlari statistika idoralari hodimlari va ESCAP, UNSD kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda 2010 yil davrida aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazish jarayonida texnologiyalardan foydalanish bo’yicha xalqaro amaliyotni o’rganish, shuningdek aholini ro’yxatga olishda elektron texnologiyalardan foydalanish va ularni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________