Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi

image_pdfimage_print

2017 yilning 13 noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017-2020 yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.

Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________