image_pdfimage_print

Djanimov Sherali Davlatovich

Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari


1979 yil 28 mayda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi iqtisodchi tashkilotchi, 2001 yilda Toshkent Davlat agrar universitetini, 2013 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining, biznes boshqaruvi magistri yo’nalishini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1996-1997-yillar oralig’ida Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Chashma” fermer xo’jaligi ishchisi lavozimida boshlagan.

2001-2004-yillar oralig’ida Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Guliston” shirkat xo’jaligi ma’muriy idora yordamchi iqtisodchisi lavozimida ishlagan.

2005 yilda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Kommunikatsiya va xizmat ko’rsatish bo’limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2005-2006-yillar oralig’ida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo’limi yetakchi mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2006-2007-yillar oralig’ida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma ishlar bo’limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2007-2013-yillar oralig’ida Toshkent shahar statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishlagan.

2013-2014-yillar oralig’ida Toshkent shahar statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma ishlar bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2014-2017-yillar oralig’ida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining Hududiy statistika organlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2017-yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi Yig’ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – Yig’ma tezkor ma’lumotlarni va indikator ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2017 yil 28 avgustida Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Oilali, ikki qiz va bir o’g’li bor.

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________