image_pdfimage_print

Shermatov Dilshod Baxtiyarovich

Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig’i


1971 yil 26 noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi iqtisodchi, 1995 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining, biznes boshqaruvi yo’nalishini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1989-1990-yillarda “Rassvet” Davlat xo’jaligi Buxgalteriyasi xisobga oluvchisi lavozimida ish boshlagan.

1993-2000-yillar oralig’ida Toshkent viloyati Zangiota tumani “O’zgo’shtsutsanoat” uyushmasiga qarashli “Barokat” Davlat xo’jaligi statistigi, bosh iqtisodchisi, bosh hisobchisi lavozimlarida ishlagan.

2000-2001-yillar oralig’ida Toshkent viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi Qishloq xo’jaligi statistikasi bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2001-2003-yillar oralig’ida Toshkent viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – Qishloq xo’jaligi statistikasi bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2003-2004-yillar oralig’ida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimida ishlagan.

2004-2008-yillar oralig’ida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasi Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2008-2009-yillar oralig’ida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasi Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

2009-2017-yillar oralig’ida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasi Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2017 yil 25 avgustdan Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlangan.

Oilali, ikki qiz va bir o`g`li bor.

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________