2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo’yicha Toshkent shaharning
barcha tumanlarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatining tanlanma
statistik kuzatuvlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkazilishi belgilangan.

Tanlanma statistik kuzatuvlarning muddati kuzatuv davri oxirgi oyining 20 sanasidan kuzatuv davridan keyingi oyning 2-sanasigacha belgilangan. Kuzatuvlar kuzatuvga tushgan kichik korxona va mikrofirmalardan tegishliligiga qarab, to’ldirilgan 1-KB kuzatuv, 2-KB kuzatuv va 3-KB kuzatuv so’rovnomalarini qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Mazkur so’rovnomalarni elektron shaklda Internet tarmog’i orqali taqdim etish imkoniyati ham yaratilgan.


2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo’yicha Toshkent shaharning
barcha tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlarning savdo faoliyatini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlar o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlarning savdo faoliyatini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlarini o’tkazish belgilangan.

Mazkur tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassisi (intervyuerlar) tomonidan kuzatuvga tushgan har bir savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 1-savdo (JSh) so’rovnomalarini to’ldirish orqali kuzatuv davri oxirgi oyining 25 sanasigacha o’tkaziladi.

2016 yilning dekabr oyida Toshkent shaharning
barcha tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholiga ko’rsatiladigan pulli xizmatlar hajmi va tuzilmasini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlar o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning dekabr oyida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholiga ko’rsatiladigan pulli xizmatlar hajmi va tuzilmasini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlarni o’tkazish belgilangan.

Ushbu tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassislari (intervyuerlar) tomonidan aholiga pulli xizmat ko’rsatiladigan joylarda 1-xizmat (JSh) so’rovnomalarini to’ldirish orqali o’tkaziladi.


2016 yilning dekabr oyida Toshkent shaharning barcha tumanlarida
yakka tartibdagi tadbirkorlarning sanoat ishlab chiqarishi hajmlarini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning dekabr oyida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni savdo bozorlarida sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tanlanma statistik kuzatuvlarini o’tkazish belgilangan.

Mazkur tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassisi (intervyuer)lar tomonidan kuzatuvga tushgan har bir sanoat ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 1-savdo (JSh) so’rovnomalarini to’ldirish orqali kuzatuv davri oxirgi oyining 25 sanasigacha o’tkaziladi.


2016 yilning dekabr oyida Toshkent shaharning barcha tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar-avtotransport egalari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar
hajmini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlar o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning dekabr oyida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar-avtotransport egalari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar hajmini baholash bo’yicha tanlanma statistik kuzatuvlarni o’tkazish belgilangan.

Mazkur tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassislari (intervyuerlar) tomonidan yakka tartibdagi avtotransport egalari faoliyati boyicha 1-tr (YaT) so’rovnomalarini to’ldirish orqali o’tkaziladi.

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________