2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Unda Davlat statistika qo`mitasi tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalariga oid statistik ma`lumotlar va tahlillar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga qo`mita mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati




Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 23 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Stambul hududiy markazi rahbari Gerd Trogemenn boshchiligidagi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frezer ishtirokidagi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo`shma missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlari va ularning monitoringini yuritish, milliy statistika idoralari salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan rejalar va bu borada o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Missiya vakillari tomonidan muhokamaga qo`yilgan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olindi.

Uchrashuv iliq va dustona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati




2018 yilning 23 aprelidan 27 apreliga qadar O`zbekiston Respublikasida Xalqaro valyuta jamg`armasining Statistika departamenti ishchi missiyasi o`z faolyatini olib bormoqda

Joriy yilning 23 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta jamg`armasi eksperti Gildas Monneri boshchiligidagi missiya o`z ishini boshladi.

Missiyaning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida Xalqaro valyuta jamg`armasining kengaytirilgan Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi doirasida Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasida e`lon qilinadigan ko`rsatkichlar metama`lumotlarini tayyorlashda qo`maklashish hisoblanadi.

Shuningdek, missiya tashrifi davomida makroiqtisodiy statistikani shakllantiruvchi va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar monitoringini amalga oshiruvchi Markaziy bank va Moliya vazirligi vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, uchrashuvning birinchi kuni Davlat statistika qo`mitasida tegishli boshqarma xodimlari uchun kirish o`quv-seminari o`tkazildi.

Missiya ishi davom etmoqda.

Axborot xizmati




Xalqaro valyuta jamg`armasining (XVJ) missiyasi o`z ishini boshladi

Joriy yilning 23 aprelidan 4 mayiga qadar O`zbekistonda Xalqaro valyuta jamg`armasining (XVJ) Statistika Departamenti ishchi missiyasi o`z faoliyatini olib bormoqda. Missiyaga XVJ Statistika Departamentining Real sektor bo`limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili boshchilik qilmoqda.

Missiyaning asosiy maqsadi O`zbekistonda milliy hisobchilikning hozirgi holati bilan tanishish, uni yanada takomillashtirish uchun hamkorlik qilish bo`yicha batafsil reja ishlab chiqish va Davlat statistika qo`mitasi mas`ul xodimlari uchun o`quv mashg`ulotlari tashkil etish hisoblanadi.

Shuningdek, missiya tashrifi davomida makroiqtisodiy statistikani shakllantiruvchi va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar monitoringini amalga oshiruvchi boshqa vazirlik va idoralar (O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank va Moliya vazirligi) vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o`tkaziladi.

Tashrif dasturiga muvofiq 23 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida tegishli boshqarma xodimlari uchun kirish o`quv-seminari o`tkazildi.

Missiya ishi davom etmoqda.

Axborot xizmati




Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy-amaliy seminar bo`lib o`tdi

Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) “Innovatsion korporativ hamkorlik” doirasida Davlat statistika qo`mitasi va TDIU “Statistika” kafedrasi hamkorligida “O`zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyoti: muammolar, yechimlar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo`lib o`tdi.

Ilmiy-amaliy seminarda Davlat statistika qo`mitasi xodimlari ishtirok etib, qo`mita tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar borasida axborot berishdi.

Axborot xizmati




Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 11 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, sog’liqni saqlash bilan bog’liq axborot tizimlarida xalqaro standartlarni joriy etishga ko’maklashish, shuningdek, ma’lumotlar almashishda hamkorlikda ishlashni takomillashtirish usullari masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati




Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

Joriy yil 10 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, “Markaziy Osiyoning savdo-transport bog’liqligini oshirish” loyihasi doirasida zarur statistik ma’lumotlarni taqdim etish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati