Davlat statistika qo`mitasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy komissiya seminari bo`lib o`tdi.

image_pdfimage_print

2017 yilning 28 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik, korruptsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash maqsadida, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur yetkazishga bag`ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o`quv kurslari vakili hamda O`zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi mas`ul kotibi ishtirokida bo`lib o`tdi.

Ushbu seminarda, Davlat statistika organlari tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni va uning ijrosi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi 2752-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo`ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Davlat dasturi” ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 21 fevraldagi 9-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2017-2018 yillarga mo`ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi”si ishlab chiqilgan va mazkur rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha tizimda Davlat statistika qo`mitasinig korruptsiyaga qarshi kurashash bo`yicha idoraviy komissiyasi tomonidan qat`iy nazorat o`rnatilganligi haqida ma`lumot berildi.

Seminar davomida dasturga muvofiq ishtirokchilar korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida to`liq ma`lumot oldilar.

Seminar yakunida bahs munozaralar orqali ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________