Davlat statistika qo`mitasida seminar tashkil etildi.

image_pdfimage_print

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasida har haftaning seshanba va juma kunlari Qo`mita markaziy apparati tarmoq boshqarmalari va tahliliy bo`limlar rahbarlari hamda xodimlar ishtirokida muntazam ravishda seminar mashg`ulotlari tashkil qilinmoqda.

Ushbu seminar mashg`ulotlari tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik ma`lumotlarni taqdim etish va tarqatishning zamonaviy usullarini joriy etishni amalga oshirish, tahliliy materiallar, yozma axborotlar va ma`ruzalar tayyorlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning eng dolzarb masalalari bo`yicha press-relizlar va maqolalarni, statistik axborotlarni tayyorlash masalalariga bag`ishlangan.

Navbatdagi seminar mashg`uloti joriy yilning 12 sentyabr kuni, “O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy ko`rsatkichlarini tahlil qilishda zamonaviy axborot-kommuniktsiya texnologiyalari imkoniyatlari va dasturiy ta`minotlardan foydalanish” mavzusida bo`lib o`tdi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________