Davlat statistika qo’mitasida “Uy xo’jaliklari tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish tartibi va qoidalariga rioya qilinishi, ushbu jarayonda to’ldirilgan savolnomalar sifati va haqqoniyligini ta’minlash” mavzusida mintaqaviy o’quv seminari o’tkazildi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati statistika boshqarmalari Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassislari (intervyuerlari) tomonidan 2017 yil oktabr oyida kuzatuv olib borilgan uy xo’jaliklari bilan qayta so’rov o’tkazildi. Seminarda dastavval ushbu monitoring natijasida kuzatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqidagi hisobotlar tinglandi.

Seminarda Uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish va o’tkazish umumiy tartib qoidalariga, kunlik xarajatlarni hisobga olish kundaligi va savolnomalar bo’yicha so’rov o’tkazish tartib qoidalariga amal qilinishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi. Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari tomonidan Qo’mitaga taqdim etilgan elektron ma’lumotlar ba’zasida yuzaga kelgan xato va kamchiliklar to’g’risida ham to’xtalib o’tildi hamda ushbu xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shu bilan birga 2018 yil uchun Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkazish bilan bog’liq savolnomalarga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar to’g’risida seminar qatnashchilariga tushunchalar berib o’tildi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________