Hisobot beruvchi tashkilotlar diqqatiga!

image_pdfimage_print

2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 9 noyabrdagi 6-mb sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 9 noyabrdagi 6-mb-son qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan (ro’yhat raqami 2956, 2017 yil 19 dekabr) 2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo’yicha joylashtirildi: https://stat.uz/uz/statinfo/metodologiya/hisobotlar-shakllari Ushbu davlat statistika hisobotlari hisobot topshiruvchi sub’ektlarga mo’ljallangan bo’lib, 2017 yil uchun yillik va 2018 yil davrlari uchun taqdim etiladi.

Shuni eslatib o’tmoqchimizki, barcha hisobot shakllari elektron ko’rinishda Internet tarmoғi orqali eStat 2.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etilishi lozim.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________