“Ijtimoiy va demografik ma`lumotlardan foydalangan holda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo`yicha milliy hisobot: dezagregatsiya masalalari” mavzusida o`quv dasturi

image_pdfimage_print

2017 yilning 11-22 sentyabr kunlari Tedjon shahrida (Koreya Respublikasi) “Ijtimoiy va demografik ma`lumotlardan foydalangan holda BRM bo`yicha milliy hisobot: dezagregatsiya masalalari” mavzusida o`quv dasturi bo`lib o`tdi. Ushbu o`quv dasturi Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) tomonidan yillik “Statistik salohiyatni mustahkamlash uchun kasbiy tayyorlash dasturi” doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg`armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda 12 mamlakat (Bangladesh, Vetnam, Indoneziya, Misr, Kambodja, Laos, Myanma, Nepal, Peru, Tanzaniya, O`zbekiston, Filippin) statistika idoralaridan bittadan vakillar hamda UNFPA va KOSTAT ekspertlari ishtirok etdilar.

Ushbu o`quv dasturida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari – A. Mamirov ishtirok etdi.

O`quv dasturi doirasida BRM bo`yicha hisobotlarni shakllantirishda ma`lumotlarni dezagregatsiyalash masalalariga alohida ahamiyat bergan holda, ijtimoiy va demografik ma`lumotlardan foydalanish bo`yicha statistik salohiyatni yaxshilash masalalari ko`rib chiqildi. Shuningdek, o`quv dasturi davomida ishtirokchi davlatlarning ijtimoiy va demografik ma`lumotlardan foydalangan holda BRM bo`yicha hisobotlarni shakllantirish bo`yicha tajribalari, shuningdek yoshi, jinsi, nogironlik va migratsiya holati, irqiy va etnik mansubligi bo`yicha dezagregatsiyalangan ko`rsatkichlarni tayyorlash bo`yicha muammoli masalalar muhokama qilindi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________