Joriy yil 25 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari boshliqlari ishtirokida o`quv-seminari tashkil etildi

image_pdfimage_print

Joriy yilning 25 dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari boshliqlari ishtirokida demografiya va mehnat statistikasi sohasi bo`yicha “Hududiy statistika organlarining 2017 yildagi faoliyati natijalari va 2018 yilga ustuvor yo`nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash hisobot va ijro intizomini ta`minlash bo`yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o`quv-seminari o`tkazildi. Mazkur o`quv-seminarda, Qo`mitada va hududiy statistika boshqarmalarida demografiya va mehnat statistikasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar holati, mazkur soha bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yo`llari, shu bilan birga, hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, 2018 yilda demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistik va tahliliy materiallarning o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta`minlash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish hamda bo`lim faoliyatiga tegishli bo`lgan bir qator qo`shimcha vazifalar belgilab olindi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________