Joriy yilning 21 iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining kengaytirilgan Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

image_pdfimage_print

SAM__1554

          Kengash yig`ilishida, Toshkent shahar statistika organlarining 2017 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati, davlat statistikasini tubdan takomillashtirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining farmon va qarorlari, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat Dasturida belgilangan chora-tadbirlar, shuningdek Davlat statistika qo`mitasining topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarni va davlat statistika ishlarini Toshkent shahar statistika organlarida bajarilishi doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama etildi hamda tegishli rahbar va mas`ul xodimlarning hisobotlari eshitildi.

          Yig`ilishda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son Qarorida belgilangan vazifalarning so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan Toshkent shahar statistika organlarida amalga oshirilgan ishlar va bu borada faoliyatni yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

          Shuningdek, sohada qonunchilikni ta`minlash, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash, statistik tahlil ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sub`ektlari bilan profilaktika ishlarini amalga oshirish, ijro nazoratini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta`minlash, moliya-xo`jalik faoliyatini tashkil etish va buxgalteriya hisobini yuritish, kadrlar bilan ishlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan tizim organlarining hisobot davridagi faoliyati muhokama etildi.

          Kun tartibidagi masalalar bo`yicha boshqarma va tuman statistika bo`limlari rahbarlarining hisobotlari eshitilib, har bir yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab olindi.

          Kengash yig`ilishi yakunida, Toshkent shahar statistika organlari rahbarlariga hisobot davrida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf, kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ko`rish, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan belgilangan vazifa-topshiriqlarni sifatli va o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash bo`yicha nazoratni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

          Kengash yig`ilishida, Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari A.Ikramov ishtirok etib, Toshkent shahar statistika organlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining farmon va qarorlari, shuningdek Davlat statistika qo`mitasining topshiriqlarida belgilangan vazifalarni hamda davlat statistika ishlarini qat`iy ijrosini ta`minlash bo`yicha aniq ko`rsatma va topshiriqlar berdi.

          Yig`ilishda ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________