KEKSA AVLODGA MANZILLI YORDAM KO`RSATISH MAQSADIDA

image_pdfimage_print

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015 yil – “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilinishi va “Keksalarni e`zozlash yili” davlat dasturiga asosan, Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Keksa avlodga manzilli ijtimoiy yordam berish va ularni moddiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirish” maqsadida boshqarmada bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu jumladan 2015 yil 28 avgust kuni boshqarmaning bir guruh hodimlari boshqarmada uzoq yillar davomida ishlab hozirda pensiya yoshida bo`lgan Butenka Svetlana Vladimirovna holidan habar olib, ularga boshqarma tomonidan ajratilgan moddiy yoradam puli topshirildi. Svetlana Vladimirovna bilan bir piyola choy ustida shirin samiymiy suhbat qurildi. Suhbat davomida boshqarmada endi ish faoliyatini boshlagan yosh kadrlarga Nuroniy onahon o`z hayot tajribalari bilan o`rtoqlashdi. Zero inson amali bilan emas qilgan ishlari bilan ulug`lanadi.

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________