Kichik biznes sub’ektlari vakillari ishtirokida seminar o’tkazildi.

image_pdfimage_print

          Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan Davlat statistika qo’mitasi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashi bilan birgalikda 2017 yil
12 oktyabr
kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari vakillari ishtirokida seminar o’tkazildi.

          Mazkur seminarda, kichik biznes sub’ektlari tomonidan davlat statistika organlariga taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarida yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida ushbu xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish, Davlat statistika organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2016 yil
29 dekabrdagi O’RQ-418-son Qonunining Davlat statistika sohasiga oid talablarini tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida tushuntirishlar olib borish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan Davlat statistika organlarida olib borilayotgan ishlar to’g’risidagi masalalar muhokama etildi.

          Shuningdek, seminarda kichik biznes sub’ektlari tomonidan davlat statistika organlariga taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarida yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar misollar orqali ko’rsatilib, kelgusida bu kabi xolatlarni takrorlamaslik bo’yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida foydalanish uchun tayyorlangan qo’llanmalar tarqatildi.

          Shu bilan birga, Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to’g’risida”gi qaror loyihasi muhokamasida tadbirkorlik sub’ektlarini regulation.gov.uz sayti orqali 2017 yil 25 oktyabrgacha faol ishtirok etishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi.

          Seminar jarayonida tadbikorlik sub’ektlari tomonidan berilgan savollarga Davlat statistika qo’mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

4

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________