“Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati”mavzusida tashkil etilgan ma’naviyat darsi haqida

image_pdfimage_print

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 iyuldagi 127-son bayoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejasining 26-bandida “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma’naviyat darslarini vazirliklar, qo’mita va boshqa davlat idoralarida yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasini targ’ib qilish bo’yicha mas’ul professor o’qituvchilar, mutaxassislardan iborat targ’ibot guruhi a’zosi I.Kudryashev ishtirokida 2017 yil 6 dekabr kuni davlat statistika qo’mitasida “Konstitustiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma’naviyat darsi o’tkazildi.

Ushbu ma’naviyat darsida I.Kudryashev ma’ruza qilib, Davlat statistika qo’mitasining xodimlariga fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda Davlat fuqarolarning Konstitustiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini kafolatlanganligi masalalarida tushuntirishlar berdi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________