image_pdfimage_print

28-31 mart kunlari davlat statistika idoralari tomonidan tanlama kuzatuvlar o`tkazilishi rejalashtirilmoqda

          O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil “27” fevraldagi 11 – sonli buyrug`iga asosan “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korxonalar tanlama kuzatuvini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha vaqtinchalik tartib” tasdiqlandi.

          Mazkur Vaqtinchalik tartibga asosan joriy yilning 28-31 mart kunlari 2-fan kuzatuv anketasi bo`yicha 2016 yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korxonalarning tanlama kuzatuvlarini o`tkazish rajalashtirilgan.

          Ushbu kuzatuvning maqsadi bo`lib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatining rivojlanishida mikrofirma va kichik korxonalarning salmog`ini baholash uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni shakllantirish hisoblanadi.

          Shuni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar bilan shug`ullanadigan mikrofirma va kichik korxonalarni mazkur so`rovda faol ishtirok etishlarini so`raydi.

          Ma`lumot uchun: 2-fan kuzatuv anketasini to`ldirish va to`ldirilgan anketalarni taqdim etish, joriy yilning 10 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan eStat 2.0 tizimi orqali elektron ko`rinishda amalga oshiriladi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
01.03.2017

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________