Odessa shahrida Oylik statistika bo`yicha trening va mintaqaviy o`quv seminari tashkil etildi

image_pdfimage_print

2018 yilning 12-16 mart kunlari Odessa (Ukraina) shahrida Oylik statistika bo`yicha trening va mintaqaviy o`quv seminari tashkil etildi. Ushbu trening va seminarlar Xalqaro energiya agentligi (IEA) tomonidan tashkil etildi.

Ushbu trening va seminarda 9 mamlakat (Armaniston, Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Gruziya,Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina) statistika idoralarining mutaxassislari hamda Evrostat, BMT ning statistika bo`limi, Xalqaro energetika forumi, Xalqaro energiya agentligi, EU4Energy dasturi mutaxassislari va Davlat statistika qo`mitasinig Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbaalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho’basi mudiri X. Jalilov, Sanoat ishlab chiqarish sohasida tizimli statistik kuzatuvlari bo’limi boshlig`i o’rinbosari E.Babaxanov va Xorazm viloyati statistika boshqarmasi sanoat statistikasi bo’limi boshlig`i
Q. Quryazovlar ishtirok etishdi.

Seminarda Tashkilotlarning қo’shma tashabbusi (JODI-OIL va JODI-Gas) to’g`risidagi umumiy tushunchalarni oshirish EU4Energy ҳamkor davlatlarida energiya ma’lumotlarining umumiy sifati va shaffofligini oshirish, shuningdek energiya xavfsizligi siyosati (neft, gaz, elektr energiyasi) bo’yicha ma’lumotlari talablarini bilish masalalari ko`rib chiqildi.

Axborot xizmati

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________