Olmota shahrida (Qozog’iston) “ BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash ” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

image_pdfimage_print

2017 yil 28-30 noyabr kunlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash” mavzusida Olmota shahrida (Qozog’iston) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Statistika bo’limi, Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi, Atrof muhit bo’yicha dasturi va Qozog’iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i v.b. D.Raxmatullayev va Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi bosh mutaxassisi A.G’afurovlar ishtirok etdi.

Seminarda Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo (ShEKMO), Mongoliya, Rossiya, Turkiya milliy statistika idoralari vakillari, BMTning statistika bo`limi, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo’limi, Jahon Banki, BMTning oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhit bo’yicha dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda BRM indikatorlarini shakllantirishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar (ma’muriy ma’lumotlar, registr ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar)dan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________