O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlariga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.

Prezidentimiz tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi.

O‘zA

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________