O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vazirini qabul qildi

image_pdfimage_print

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollashib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlarimiz o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlarda izchil rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuv va imzolangan shartnomalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xitoy Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Chan Vansyuan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari salohiyati va mudofaa qobiliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Xitoy tomoni bu sohada o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zA

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________