Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar bilan tanishdi

image_pdfimage_print

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 14-dekabr kuni «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada mamlakatimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Qirg‘iziston Prezidenti mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori baho berdi.

O‘zA

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________