TAKRORAN: Davlat statistika shakliga o`zgartirish kiritish va ayrimlarini bekor qilish to`g`risida!

Hurmatli hisobot taqdim etuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari, hisobchilari DIQQATIGA!

          Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sizlarga shuni ma’lum qiladiki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistikasi qo`mitasi qarori bilan o`rnatilgan tartibda (ro`yxat raqami 2843-1, 2017 yil 17 avgust) 3-narx shakli (oylik) “Avtomobil transporti korxonalarida yuk tashish tariflari to`g`risida hisobot”ga o`zgartirish kiritildi va 11 ta shakllar bekor qilindi (ro`yhat ilova qilinadi).

          Bekor qilingan xisobot shakllari ro`yxati:

4-narx shakli (oylik) “Temir yo`l transportida yuk tashish tariflari to`g`risida hisobot”
5-narx shakli (oylik) “Havo transportida yuk tashish tariflari to`g`risida hisobot”
6-narx shakli (oylik) “Quvur yo`li transportida yuk tashish (uzatish) tariflari to`g`risida hisobot”
3- invest shakli (yillik) “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo`naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar to`g`risida”
3-S shakli (choraklik) “Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar doirasida tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallar yetkazib berilishining borishi to`g`risida hisobot”
1-RM shakli (yillik) “Rangli metall parchalari va chiqindilarining shakllanishi hamda ishlatilishi to`g`risida”
3-eko shakli (yillik) “Chiqindilar hosil bo`lishi, foydalanilishi va ularning joylashtirilishi to`g`risida”
1-geo shakli (yillik) “Geologiya-qidiruv ishlarining bajarilishi to`g`risida 2016 yil uchun hisobot”
1-xizmat shakli (yillik) “Aholiga pulli xizmat ko`rsatish to`g`risida”
1-lizing shakli (yillik) “Lizing faoliyati bo`yicha”
7-kom shakli (yillik) “Gazlashtirish to`g`risida”