Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan 1-KB (yillik) davlat statistika hisobotini o’z vaqtida va sifatli taqdim etilishi yuzasidan o’quv seminari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takamillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3165-sonli qarorda belgilangan ustivor yo’nalishlardan kelib chiqib, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilib borilishini o’z vaqtida va ishonchli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek qonun hujjatlari ijrosi va davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturini sifatli va to’liq ta’minlash maqsadida, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan 1-KB (yillik) davlat statistika hisobotini o’z vaqtida va sifatli taqdim etilishi borasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan 2018 yil 16 yanvar` kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida Yunusobod, M.Ulug’bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida o’quv-seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur o’quv-seminarda davlat statistika tizimidagi o’zgarishlar, davlat statistika hisobotini taqdim etishdagi yangi yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar, qolaversa 2018 hisobot yili uchun yangidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan va Adliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilgan 1-KB (yillik) davlat statistika hisoboti shakli bo’yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 1-KB (yillik) davlat statistika hisobot shaklini to’ldirilishi tartib qoidalari, hisobotni Internet tarmog’i orqali o’z vaqtida va sifatli taqdim etilishi va elektron (Estat 2.0) dasturi bo’yicha seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan statistika hisobotlarini taqdim etishda uchraydigan masalalar va ularni qiziqtirgan savollarga Toshkent shahar statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.