Xalqaro valyuta jamgarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

image_pdfimage_print

Joriy yil 20 fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta jamgarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, XVJ missiyasiga mamlakatning oxirgi yillardagi iqtisodiy rivojlanishi ko`rsatkichlari, iqtisodiyot va uning tarmoqlari o`sishini belgilab bergan asosiy omillar haqida ma`lumot berildi. Shuningdek, XVJ missiyasiga milliy hisoblar statistikasi va kengaytirilgan Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi (k-MTUT)ga O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi borasidagi ishlar to`g`risida axborot berildi.

Shu bilan birga, missiya vakillari qo`yilgan va muhokama qilingan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olishdi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan kengaytirilgan Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi (k-MTUT) ma’lumotlarini Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida joylashtirilib borilishi va tizimga ulanishi borasidagi ishlar missiya tomonidan yuqori baholandi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv
va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Siz yana korishingiz mumkin...

    ___________________________________________________
     
    Xato topdingizmi?
    Uni belgilang, so'nggra quyidagi
    CTRL + ENTER
    tugmalarini bosing
    ___________________________________________________