Boshqarma boshlig'ining birinchi o 'rinbosarining funksional vazifalari  

 

    Boshqarma boshlig’i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha raxbarlik qiladi;

   Boshqarmaning barcha tarmoq va tuman statistika bo’limlari tomonidan dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib  boradi;

   Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;

   Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to’g’risidagi statistik ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;

   Boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaqtida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va     xolisligini ta’minlash masalalari, Davlat           statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;

  Boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo’limlari xalq xo’jaligidan qo’shimcha mablag’ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;

  Biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga    xodimlarni tayyorlash va tayinlash    bo’yicha   boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;

Biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, holisligi, to’liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;

Biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig’ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma’lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi;

Biriktirilgan tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta’minlash choralarini ko’radi;

Boshqarmada ko’rilayotgan ma’muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta’minlaydi;

Boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari:
      – Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma axborot-tahliliy ishlar bo`limi;
      – Statistik registrlarni yuritish bo`limi;
      – Sanoat statistikasi bo`limi;
      – Invеstitsiya va qurilish statistikasi bo`limi;
      – Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo`limi;
      – Narx statistikasi bo`limi;
      – Tuman statistika bo`limlari faoliyatini (Davlat statistika ishlari dasturi doirasida) nazorat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech