20/05/2021

       2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 19- may kuni Tohkent shahar  statistika boshqarmasi va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Unversiteti hamkorligida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan, ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi o’quv seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Unversiteti  o'qituvchisi i.f.n.dotsenti A.X. Ayubjonov  "Dinamika qatorlarini tuzish qoidalari , Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko'rsatkichlari, Dinamika qatorlarida tеndеnsiyani aniqlash usullari" mavzusida taqdimot qilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

4952e15ec1c26f11c907728e6d120b1d

 e2a53be830972cc27f9fb2fdf318bd5a

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech