11/05/2021

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi. 

        Ayni paytda mazkur tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Registratorlar uchun o’quv-seminarlari o`tkazildi Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbirlarini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan registratorlarga tajribali soha mutaxassislari zarur taklif va tavsiyalar bermoqda.

       Bugun (11.05.2021) Davlat statistika qo'mitasi Aholoni ro'yhatga olish bo'limi mas'ul hodimlari va  Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati  Yashnabod  tumani  "Ma'rifat", "Boysun",  "Shirinobod"  mahallalarida sxematik xaritalarni  o‘rganish jarayonini olib bordilar. O‘rganishlar jarayonida ular ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakillantrish bo‘yicha mahalla xodimlariga amaliy ko‘mak berdilar.

da4c134156df520d9b85519ea8c9992f

dc74274c2be32804ae20aa8b9cccdcc0

10540b33fa8c2f038716ac53399971fc

0ad7763e9430e64a21333ef74736eed2

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech