23/06/2021

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2020 yil 1-dekabrdagi 114-son buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan korxona va tashkilotlardan sanoat ishlab chiqarish hajmlarini baholash va aniqlashni tashkil etish maqsadida 4-kb sanoat (choraklik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyatini kuzatish so’rovnomasi” 1-son ilova tasdiqlangan. Korxonangiz tomonidan 2021 yil 5 iyulga qadar, 2020-2021 yillarning yanvar-iyun oylarida amaldagi narxlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti (ishlar, hizmatlar) hajmini taqdim etishingizni so’raymiz.


Ushbu kuzatuv so‘rovnomasini eStat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/) sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz kerak.

 

Qo'shimcha ma'lumotlar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so'raymiz:

(71) 203-88-16, (71) 203-88-17, (71) 203-80-03 (1-2 - Sanoat statistikasi bo'limi)

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech