07/07/2021

Mazkur seminarni Chilonzor tumani “Naqqoshlik” MFY rais o’rinbosari A. Mirzaqulov ochib berdi hamda yig ‘ilganlarga seminarning maqsadi haqida to’ xtalib o’ tdi.

Tuman Statistika bo’limi mutaxasisi S.Qurbonov rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlash va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbirda shuningdek, 2023- yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa honadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yhatga olish amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Seminar nihoyasida savol-javoblar o’tkazilib, tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech