12/07/2021

Uchrashuvni Shayxontohur tumani MFY raisi D.Muhamedjonova ochib berdi hamda yig ‘ilganlarga tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida to’xtalib o’tdi.


Tuman statistika bo’lim boshlig’i M.Mahtumov rеspublikamizda 2023-yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlashni aytib o’tdi.


Tadbirda shuningdek, 2023-yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa honadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yhatga olish amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tildi.


Uchrashuv yakunida o’z- o’zini boshqarish organlari xodimlari va mahalla faollari o’zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo2021-07-1210-46-42

 photo2021-07-1210-46-40

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech