15/07/2021

     “ O’zbеkiston Rеspublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 710-son qaror bilan tanishtirib, tushuntirishlar olib borish maqsadida joriy yilninig 14 - iyul sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani “ Katta Xasanboy” MFYda uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur uchrashuvni Yunusobod tumani “ Katta Xasanboy” MFY raisi S.Normetova ochib berdi hamda yig ‘ilganlarga tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida to’ xtalib o’ tdi.
Tuman statistika bo’limi mutaxassisi D. Toxirov rеspublikamizda 2023 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlash va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berdi.
Ta’kidlandiki, 2023-yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa xonadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yxatga olish amalga oshiriladi.

photo2021-07-1511-02-31

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

photo2021-07-1511-02-34

Tugmani bosing Tinglash GSpeech