26/07/2021

photo5474255682602644761

Mazkur seminarni Toshkent shahar Yunusobod tumani “Yunusota” MFY raisi A.A.Samigov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida to’xtalib o’tdi. Tuman statistika bo’limi xodimi D.Toxirov rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlashni ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, 2023- yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa honadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yhatga olish amalga oshirilishi alohida aytib o’tildi. Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o’zaro fikr almashib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech