27/07/2021

b399334c-0ec5-4ff3-a096-b7109a266678

Toshkent shahar Chilonzor tumani “2-Charx Kamolon” MFYda aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlashga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. Mazkur seminarni Toshkent shahar Chilonzor tumani “2-Charx Kamolon” MFY raisi H.Sidiqov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida to’xtalib o’tdi. Tuman statistika bo’limi bosh mutaxassisi Sh.O’ktamov rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlashni ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, 2023- yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa honadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yhatga olish amalga oshirilishi alohida aytib o’tildi. Uchrashuv yakunida ichtirokchilar o’zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech