28/07/2021

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri bo'yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda YaHM) hajmi joriy narxlarda 55 890,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020 yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 14,0 % o‘sdi.

✅ YaHM deflyator indeksi 2020 - yil yanvar-iyun oylaridagi narxlarga nisbatan 111,2 % ni tashkil qildi.

✅ Aholi jon boshiga hisoblagan YaHM 20 579, 7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan             9,1 % ga yuqoridir.

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo'yicha YaIMning shakllanishida Toshkent                     shahrining qo‘shgan hissasi 17,5 % ga etdi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech