30/07/2021

Shu yilninig 30 - iyul sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani Hokimiyatida aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlashga bag’ ishlangan seminar o’ tkazildi.
Mazkur seminarni Yunusobod tumani hokimining birinchi o’rinbosari A.Muxiddinov ochib berdi hamda yig ‘ilganlarga seminarning maqsadi haqida to’ xtalib o’ tdi.
Tuman statistika bo’limi etakchi mutaxassisi D. Toxirov ishtirokchilarga rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlash va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida batafsil tushuntirishlar berdi.
Shuningdek uchrashuvda, ro’yxatga olish davrida o’z xonodoniga kiritishni istamaganlar o’z xududida tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida faoliyat yurutuvchi stasionar ro’yxatga oluvchilarga murojaat qilgan holda ro’yxatdan o’tishlari mumkunligi ta’kidlab o’tildi.
Seminar nihoyasida ishtirokchilar o’zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi.

photo2021-07-3014-27-00

photo2021-07-3014-27-09

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech