11/10/2021

Joriy yiling 8- oktabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Navro'zobod MFYda ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosarilarini maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i A.A.Bobomirzayev ochib berdi hamda yig’ilganlarga tadbirdan ko‛zlangan asosiy maqsad haqida to‛xtalib o‘tdi.
Belarusiya Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari J.N.Vasilevskaya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.G.Berdiqulov ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berib borildi.

photo2021-10-1117-04-44

photo2021-10-1117-04-45

photo2021-10-1117-04-46

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

Tugmani bosing Tinglash GSpeech