19/10/2021

Toshkent shahar Chilonzor tumani 270-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlashga bag’ishlangan seminar o’tkazildi.
Mazkur seminarda tuman statistika bo'limi bosh mutaxassisi Sh. O‘ktamov Rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bеlgilanganligi, aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlashni ta’kidlab o'tdi.
Shuningdek, 2023- yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog'i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa honadonlarga tashrif buyurgan holda so'rov o'tkazish orqali aholini ro'yhatga olish amalga oshirilishi alohida aytib o'tildi.

photo2021-10-1918-20-40

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati            

Tugmani bosing Tinglash GSpeech