24/03/2022

Bahor, yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Navro‘z ayyomida bahoriy taomlar, shirmoy kulchalaru patirlar, sumalak kabi tansiq taomlar tayyorlanadi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasida ham Navro‘z bayrami “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ayyom sifatida keng nishonlamoqda. Bayram tadbirida boshqarma jamoasi tomonidan milliy taomimiz"Osh" tayyorlanib tadbir ishtirokchilariga ulashildi.
Navro‘z har bir oilaga, har bir xonadonga baxt va farovonlik keltirsin!

photo2022-03-2414-07-00

photo2022-03-2414-07-03

photo2022-03-2414-07-01

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech