29/03/2022

Joriy yilning 28- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda Toshkent shahr statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘ M.Djalilova va bo‘lim mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab, 2021- yil 27- avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 544-son “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Aholining o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi “Oziq -ovqat xavfsizligini sezish darajasi” (FIES) savolnomasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

photo2022-03-2909-29-41

photo2022-03-2909-29-40

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech