01/05/2024

Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiyot universitetida professor o'qituvchilar hamda talabalar ishtirokida "Aholini ro'yxatga olish to'g'risida"gi qonunning mazmuni va ahamiyati to'g'risida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mazkur qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida alohida to'xtalib o'tildi.

0104

O'zbekiston Respublikasida bo'lib o'tadigan aholini ro'yxatga olish jarayonlari onlayn
hamda oflayn ko'rinishida yaʼni planshet qurilmasi orqali xonadonlarga tashrif buyurgan holda
so'rov o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ro'yxatga olish,
jarayonlariga xodimlar o'z xohishlariga ko'ra vaqtincha jalb qilinib, ular tomonidan uyma-uy
yurgan holda aholidan so'rov o'tkazish orqali planshet qurilmasiga kiritiladi.

Shuningdek, ro'yxatga olish davrida xondoniga kiritishni istamaganlar o'z xududida
tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida faoliyat yurituvchi statsionar ro'yxatga
oluvchilarga murojaat qilgan holda ro'yxatdan o'tishlari mumkin- deydi statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi yetakchi mutaxassisi K. Xodjayev

0105

Hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan amalga
oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to'g'risida batafsil
tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv so'ngida, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan
batafsil javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech