1
3

 

Rasmiy nomi

Davlat tilida: 

Toshkent shahar statistika boshqarmasi.

Rus tilida:

Управление статистики города Ташкента.    

Ingliz tilida:

Department of statistics of the city of Tashkent.

 

 

Huquqiy asos

  • Toshkent shahar statistika boshqarmasi O’zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risida”gi PF-3183-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 8-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
  • Boshqarma O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi yagona tizimi tarkibidagi hududiy davlat statistika organi hisoblanadi. Boshqarma davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistik ma’lumotlarga bo’lgan talabini qondiruvchi, yaxlit progressiv statistik axborot tizimining faoliyatini ta’minlovchi davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshiradi.
  • Boshqarma statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi tamoyillar asosida ta’minlaydi: • ishonchlilik, xolislik, beg’arazlik; • dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik; • qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik; • statistika ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish.
  • Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari, Davlat statistika qo’mitasining buyruqlari, qarorlari, ko’rsatmalari, shuningdek o’z Nizomiga amal qiladi.
  • Boshqarma yuridik shaxs hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan va o’z nomi yozilgan blank va muhrga, mustaqil balansga, amaldagi qonunchilikka muvofiq ochilgan bankdagi hisob raqamlariga ega.
Asosiy majburiyatlari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
  • xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to’g’risidagi statistika axborotlarini yig’ish, qayta ishlash, to’plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • Toshkent shahridagi davlat organlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritishda ishtirok etish.
Ustivor yo‘nalishlar

  • statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;
  • statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;
  • rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;
  • idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;
  • statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;
  • davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;
  • davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
Vakolatlari

  • Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
  • Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
  • Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
  • boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.


Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech