Yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
|
---|
Yoshlarga oid yangiliklar
|
---|
Statistika agentligi hududiy statistika boshqarmalari yosh mutaxassislari uchun madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 04/12/2023
Joriy yilning 30-noyabr – 1-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari yosh mutaxassislari uchun madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.Dastlab ishtirokchilar, Statistika agentligida tashkil etilgan muzeyga ekskursiya qilishdi. Shuningdek, yosh xodimlar Statistika agentligi boshqarmalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, yosh mutaxassislar o‘rtasida “StatQuiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirning ikkinchi kunida Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich ishtirokchilar bilan “Soha rahbari va yosh mutaxassislar uchrashuvi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilib, tadbir davomida “StatQuiz” intellektual o‘yini g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.
Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
NASHR ETILGAN: 1/10/2023
Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni ijrosi yuzasidan doimiy ravishda sport majmualarida turli sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
NASHR ETILGAN: 01/03/2021
2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 18/02/2021
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.