13/10/2021

Joriy yilning 12-oktabr sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumani “Tuzel” MFYda sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish yuzasidan instruktorlarni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Shermatov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga seminarning maqsadi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar davomida Toshkent shahar statistika boshqarmasi Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qobilov ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar xaqida ta’kidlab o‘tdi.

photo2021-10-1309-05-23

 

photo2021-10-1309-05-25

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech