TOSHKENT SHAHRI RAQAMLARDA

(2026-yil yanvar-iyun holatiga)

YALPI Hududiy MAHSULOT

YALPI Hududiy MAHSULOT

113,3%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

SANOAT

SANOAT

108,0%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

TASHQI SAVDO AYLANMASI

TASHQI SAVDO AYLANMASI

128,6%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

ASOSIY KAPITALGA KIRITILGAN INVESTITSIYALAR

ASOSIY KAPITALGA KIRITILGAN INVESTITSIYALAR

123,4%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

QURILISH ISHLARI

QURILISH ISHLARI

109,9%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

YUK AYLANMASI

YUK AYLANMASI

109,8%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

YO'LOVCHI AYLANMASI

YO'LOVCHI AYLANMASI

104,1%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

CHAKANA TOVAR AYLANMASI

CHAKANA TOVAR AYLANMASI

130,1%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

XIZMATLAR

XIZMATLAR

119,4%

2025-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan foizda

DOIMIY AHOLI SONI

DOIMIY AHOLI SONI

3,212,192

2026-yil 1-iyul holatiga

Toshkent shahar statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil  5-iyundagi PQ-210-son  “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi
O‘RQ-931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

    Yig‘ilishda so‘zga chiqgan X. Narziyevning ta’kidlashicha: O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan   boshqarma va tuman statistika xodimlariga ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq boshqarma va tuman bo‘limi xodimlariga tushuncha berdi.

 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish chog‘ida:

maxsus bo‘linmaga maslahat so‘rab murojaat etish;

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni elektron yoki yozma shaklda taqdim etish huquqiga ega.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi:

o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi;

lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi;

mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘z ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining bevosita rahbarini (tashkilot rahbari — yuqori turuvchi rahbarni) yoki maxsus bo‘linmani xabardor qilishi;

o‘zining bevosita bo‘ysunuvidagi xodimlarni yoki boshqa xodimlarni bevosita yoki bilvosita o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga (harakatsizlikka) majburlamasligi;

o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot nazorati ostidagi tashkilotdan yoki uning tarkibiy bo‘linmasidan ishga qabul qilish to‘g‘risida takliflar kelib tushganligi holati haqida bir ish kuni ichida xabar berishi;

boshqa xodimlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risida xabar berishi;

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish maqsadida maxsus bo‘linmaning so‘roviga ko‘ra ma’lumotlar taqdim etishi shart.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar mazkur xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda:

manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun maxsus bo‘linmadan bepul maslahat olish;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar mazkur xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda:

shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron yoki yozma shaklda to‘ldirishi, unga bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritmasligi shart.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi bilan aloqador shaxslar tomonidan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi ushbu Qonunda belgilangan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

  Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

  Shuningdek, 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlariga tegishli topshiriqlar berilganligi qayd etildi.

  Bundan tashqari, joylarda tashkil qilinayotgan profilaktika ishlarini tashkil qilishda yuqoridagi chora-tadbirlar rejasida berilgan topshiriqlarni qat’iy amalga oshirishlari, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini yangi tashkil topgan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan  tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, bunda joylardagi seminar uchrashuvlar va “Ochiq eshiklar kuni”da tadbirkorlik sub’ektlariga davlat statistika hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etishlari lozimligi to‘g‘risida doimiy ravishda tushuntirishlar berib borishlari yuzasidan topshiriqlar berib o‘tildi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish

Videolar

Toshkent shahrida YaHM 2023-yil yanvar-sentabr

Toshkent shahrida YaHM 2023-yil yanvar-sentabr

Toshkent shahrida YaHM 2023-yil yanvar-mart

Toshkent shahrida YaHM 2023-yil yanvar-mart

Toshkent shahrida YaHM 2022-yil dekabr

Toshkent shahrida YaHM 2022-yil dekabr

Toshkent shahrida YaHM 2022-yil sentabr

Toshkent shahrida YaHM 2022-yil sentabr

Sevimli TV: Aholi ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Sevimli TV: Aholi ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Sinov tariqasida aholini ro'yhatga olish

Sinov tariqasida aholini ro'yhatga olish

Aholini sinov tariqasida ro'yxatga olish Yashnobod tumani misolida

Aholini sinov tariqasida ro'yxatga olish Yashnobod tumani misolida

2023-yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rilmoqda

2023-yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rilmoqda

Aholini ro`yhatga olish 2023 (20-noyabr 2020-yil)

Aholini ro`yhatga olish 2023 (20-noyabr 2020-yil)

Aholini ro'yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Aholini ro'yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Aholini ro`yhatga olish 2022 Rolik

Aholini ro`yhatga olish 2022 Rolik

Aholini royxatga olish 2022

Aholini royxatga olish 2022

Aholini ro`yxatga olish 2022

Aholini ro`yxatga olish 2022

OCHIQ MA`LUMOTLAR PORTALI

O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portalining asosiy muvofiqlashtiruvchisi va asosiy etkazib beruvchisi hisoblanadi.

 

9,000+

MA'LUMOTLAR BERILDI

24

KATEGORIYALAR

146

TASHKILOTLARI

 

data.gov.uz

 

 

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI

2015 yil 25 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 70/1-sonli "Dunyomizni o'zgartirish. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi" rezolyutsiyasini qabul qildi va u 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.Ushbu hujjat kompleks xarakterga ega 17 maqsad va 169 vazifani o'z ichiga olgan bo'lib, barqaror rivojlanishning har uchta komponenti - iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlik muvozanatini ta'minlaydi.

 

17

MAQSADLAR

169

VAZIFALAR

100+

KO'RSATKICHLAR

 

nsdg.stat.uz

USLUBIY MATERIALLAR

Uslubiy materiallarning elektron kutubxonasi, uslubiy nizomlar va yo’riqnomalarning tizimlashtirilgan ro’yxati, statistik kuzatuvlar o’tkazish va tashkillashtirish masalalarini reglamentlashni o’z ichiga oladi.

 

197

UMMUMIY MATERIALLAR

167

AMALDAGI MATERIALLAR

30

BEKOR QILINGAN MATERIALLAR

 

lib.stat.uz

 

GENDER STATISTIKASI

Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o`rganib borish uchun, ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlardagi haqiqiy o`rnini xolisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi 

8

ASOSIY KO'RSATKICHLAR

8

TAHLILIY MALUMOTLAR

5

GENDER KO'RSATKICHLARI

 

gender.stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech